14:42 / 12.05.2015
2743

Sochida aviakassaga o‘g‘rilikka tushgan o‘zbekistonlik talonchi qo‘lga olindi

11 may kuni Sochida avikassaga o‘g‘rilikka tushgan yosh fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Kuban 24 telekanali xabar bermoqda.

Kassa xodimasi politsiyaga murojaat qilishga ulgurgan. Uning ma'lum qilishicha, noma'lum shaxs barcha pullarni talab qilgan, aks holda uni o‘ldirishini aytgan. Qiz xona ichida qamalib olib, operativ xizmat xodimlarini chaqirgan.

Sochi ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, politsiya xodimlari bir necha daqiqa ichida voqea joyiga yetib borgan. Qizning bergan ma'lumotlariga asoslangan holda ular yaqin oradagi aviakassalardan birida talonchini topib, qo‘lga olishgan. Ma'lum bo‘lishicha, talonchi 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top