10:24 / 12.05.2015
2245

Suriya va Iroqda 384 nafar Tojikiston fuqarosi harbiy harakatlarda ishtirok etmoqda

Tojikiston ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda 11 may kuni Suriya va Iroqda jangarilar tarafda turib harbiy to‘qnashuvlarda ishtirok etayotgan Tojikiston fuqarolarining miqdori haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi. Kulobda bo‘lib o‘tgan ekstremizmga qarshi kurashda yoshlarning militsiya bilan hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan seminarda so‘zlarkan, u ayni paytda tilga olingan davlatlarda 384 nafar tojikistonlik borligini ta'kidlab o‘tdi. Ulardan 40 nafari o‘zi bilan oilalarini olib ketgan.
Shuningdek, o‘tgan oyda tojikistonliklarning IShID tarkibiga ketib qolish holatlari ancha kamaygani aytildi.
9 may kuni Tojikiston ichki ishlar vazirligi IShID saflarini tark etib, o‘z ixtiyori bilan hukumatga taslim bo‘lgan insonlarga amnistiya berilishini e'lon qildi. O‘z vaqtida bunday bayonot bilan So‘g‘d viloyati prokuraturasi chiqqan edi.

Top