09:22 / 12.05.2015
2606

Toshkent dahalarida 30dan ortiq ko‘p sathli avtomobil to‘xtash joylari o‘rnatilishi mumkin

Toshkent shahar me'morchilik va qurilish bosh boshqarmasi aholi yashaydigan dahalarida 30dan ortiq ko‘p sathli avtomobil to‘xtash joylari o‘rnatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi. Bu haqda boshqarmaning Uz24 saytiga yo‘llagan maktubidan ma'lum bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, to‘xtash joylari ochiq va yopiq turda bo‘lishi mumkin. Ammo bunda ma'lum tartib-qoidalarga rioya qilinishi kerak, jumladan, avtomobil to‘xtash joylari uylardan ma'lum masofadan joylashishi kerak.
Garajlar buzib tashlangan taqdirda ularning egasiga yangi to‘xtash joylarida bepul joylar taqdim qilinadi. Har bir joyda avtomobil egasining uy manzili va mashinaning davlat raqami ko‘rsatiladi.
Shuningdek, bunday to‘xtash joylarida bo‘sh qolgan o‘rinlar ijara asosida vaqtinchalik qo‘llanilishi ham mumkin bo‘ladi. Bunday xizmatni ko‘rsatish uchun kassa apparati va bank kartasi uchun terminalning bo‘lishi talab qilinadi.

Top