13:46 / 12.05.2015
2303

Total neftegaz kompaniyasi Kubaning Union CubaPetroleo korxonasi bilan bitim tuzdi

Fransiyaning Total neftegaz kompaniyasi Kubaning Union CubaPetroleo korxonasi bilan Kuba hududidagi qirg‘oqlardagi neft konlarini izlash va tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur bitim Fransiya prezidenti Fransua Ollandning rasmiy tashrif bilan Gavanada bo‘lganida imzolangan.

Union CubaPetroleo (CUPET) korxonasi Kuba davlati neft kompaniyasi sanalib mamlakatda joylashgan qirg‘oqlardagi neft chiqishi mumkin bo‘lgan hududlarni tekshirib boradi va turli tadqiqotlarni o‘tkazadi. CUPET bergan ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat qirg‘oqlaridagi uglevodorod zaxirasi 20 mlrd. barrelni tashkil qiladi. AQSh geologik xizmati bu zaxirani 4-9 mlrd. barrel neftga tenglashtirgan.

Top