15:38 / 12.05.2015
3935

Uchquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Navoiy viloyatining Uchquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda «Do‘stlik bayrog‘i» gazetasi xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, kecha, 11 may dushanba kuni xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdan tashqari IV sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi bosh direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Sanaqulov Rustambek Burxanovich bir ovozdan Uchquduq tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

Sessiyada viloyat hokimi E. Turdimov, xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi, korxona-tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakil lari ishtirok etishdi.

Top