19:03 / 12.05.2015
2594

Ukraina temiryo‘l kompaniyasi texnik defolt e'lon qildi

Ukraina temiryo‘l yo‘li –«Ukrzaliznytsya» – kreditorlar oldida o‘zlarini texnik defolt (o‘z vazifasini bajara olmaslik holati — Kun) davlat korxonasi sifatida e'lon qilishdi. Bu haqda UNIAN xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, defolt haqida davlat monopoliya idorasi rahbari Maskim Blank ma'lum qilgan.

Rahbarning so‘zlariga ko‘ra, korxona yaqin ikki oy mobaynida 32 mlrd. grivna miqdoridagi tashqi qarzlarni qaytarish ishlarini amalga oshiradi. Qayta strukturalashtirish jarayonida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kreditlaridan foydalanish ko‘zda tutilmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, «Ukrzaliznytsya» 2015 yilning dastlabki choragida yo‘lovchilarni tashishdan ko‘rilgan zarar ming baravar oshgan holda 2,4 mln grivnaga qadar yetganini ma'lum qilgandi.

Top