13:47 / 12.05.2015
3576

USA Today: AQShda nasroniylar soni qisqarmoqda

USA Today nashri Pew Research Center ning “Amerikaning o‘zgarayotgan diniy landshafti” nomli yangi bayonotiga iqtibos keltirgan holda yozishicha, AQShda nasroniylar soni kamaymoqda. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkichlar PRC o‘zining birinchi shunday tadqiqotini o‘tkazgan 2007 yildan beri eng sezilarli past ko‘rsatkichlar bo‘lgan. O‘zini nasroniy deb atovchi AQShliklar ulushi 78,7 foizdan 70,6 foizgacha qisqargan. Bu ko‘rsatkich barcha demografik guruhlarni, misol uchun, yoshu-qarilarni, turmush qurgan yoki qurmaganlarni o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birga, ateistlar va agnostiklar soni ikki barobarga, ya'ni mos ravishda 1,6 foizdan 3,1 foizgacha hamda 2,4 foizdan 4 foizgacha ko‘paygan. Shuningdek, istalgan turdagi dinga befarqlikning umumiy o‘sishi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, 2010 yildan keyin turmush qurgan amerikaliklar orasidan 39 foizi “aralash” nikohda bo‘lganlarni tashkil qilmoqda, ya'ni er-xotin turli din vakillari hisoblanishadi. 1960 yilgacha turmush qurgan amerikaliklar orasida bunday juftliklar ulushi 19 foizni tashkil qilmoqda.

So‘rovnomada 35 ming nafar katta yoshdagi amerikaliklar ishtirok etgan.

Top