14:12 / 13.05.2015
2006

“2015 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi” muhokamasiga bag‘ishlangan qo‘mita yig‘ilishi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014 yil 22 oktabrdagi “2015 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi to‘g‘risida”gi Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2015 yilning har choragida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ushbu dastur ijrosi yuzasidan umumlashtirilgan axborot va materiallar taqdim etilishi belgilangan.

Ushbu masala yuzasidan joriy yilning 19 may kuni soat 10:00 da O‘zbekistan Respublikasi Qonunchilik palatasi binosining 2-majlislar zalida “2015 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi”ning asosiy yo‘nalishlari va parametrlarining 2015 yil I chorak yakunlari ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligining axboroti muhokamasiga bag‘ishlangan Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining  yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Top