11:34 / 13.05.2015
2324

2015 yilda O‘zbekiston 139 km avtomobil yo‘llarini yuqori bo‘ylama yuk standartiga o‘tkazadi

Joriy yilda O‘zbekiston milliy avtomagistralining 139 km uzunlikdagi yo‘l uchastkasi yuqori bo‘ylama yuk standartlariga o‘tkaziladi.
Ayni paytda bo‘ylama yuk standarti 10 tonna deb belgilangan. Endilikda jahon standartiga mos 13 tonna raqami qabul qilinadi. Bu yo‘nalishdagi ishlarga 222 mlrd so‘m sarflanishi aytilmoqda.
Ta'kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekistondagi yo‘llarning 80 foizida bo‘ylama yuk standarti 10 tonna qilib belgilangan. Qolgan yo‘llarni ham jahon standartlariga moslashtirish rejalashtirilmoqda. Yana 139 km yo‘lda esa 13 tonna standarti o‘rnatiladi. Buning uchun yo‘l qoplamasi yangilanishi talab qilinadi. Ishlar birinchi navbatda Beynov-Qo‘ng‘irot-Buxoro-Navoiy-Samarqand-Toshkent-Andijon avtotrassasining 119 km lik uchastkasida amalga oshiriladi.
Ijro etilayotgan “2011-2015 yillarda infrastruktura, transport va kommunikatsion qurilishni rivojlantirish ishlarini tezlashtirish to‘g‘risida”gi davlat dasturiga ajratilgan mablag‘ning 49 foizi avtotransport tizimini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Dasturning umumiy qiymati 6.9 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Top