8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

16:19 / 13.05.2015 9623

"Andijon voqealari"ga 10 yil to‘ldi

Bugun, 13 may kuni Andijondagi noxush voqealarga o‘n yil to‘ldi. 2005 yilning aynan shu kunida sodir bo‘lgan terrorchilik harakatlari fuqarolarning o‘limiga, davlat mulkiga jiddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgandi.

O‘sha yilning sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov surishtiruv natijalaridan keyingi hisobotida “O‘zbekiston mustaqil siyosati, uning milliy manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darish va islomiy davlat barpo etishga qaratilgan, geosiyosiy manfaatlarga to‘liq mos keluvchi puxta o‘ylangan va rejalashtirilgan harakat” deya baholangandi.

Mazkur hisobotda yozilishicha, «terrorchilik harakati natijasida 187 kishi vafot etgan, shulardan 60 nafar fuqarolar, ularning ichida ikki nafar voyaga yetmaganlar va bir nafari ayol edi. Terrorchilar huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 31 nafarini o‘ldirishgan. 287 nafar kishi, jumladan, 91 nafar tinch aholi vakillari, 49 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va 59 nafar harbiylar turli darajadagi tan jarohatlari olishgan».

Terrorchilarga qarshi chora-tadbirlar vaqtida esa 94 nafar terrorchi yo‘q qilingan, 76 nafari yaralangan.

Kun.uz sayti tahririyati ushbu voqealarda halok bo‘lgan va aziyat chekkan begunoh fuqarolarning yaqinlari va qarindoshlariga yana bir bor hamdardlik bildiradi.
 

Teglar

Top