22:44 / 13.05.2015
2631

Angliya JCh-2018 musobaqasini irqchilik tufayli o‘tkazib yuborishi mumkin

Futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasi Rossiyada o‘tkaziladigan JCh-2018ga bormasligi mumkin.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu holat ingliz ishqibozlarining Irlandiya Respublikaci armiyasiga nisbatan o‘yinlarda ko‘tarib chiqayotgan bannerlari namoyishi to‘xtatilmasa ro‘y beradi.

Ta'kidlash joiz, ingliz fanatlari o‘tgan yilning noyabr oyida Shotlandiya (3:1) bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda turli hayqiriqlar bilan raqib jamoani tahqirlagan edi. FIFAning irqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan yangi dasturga binoan jazo sifatida o‘sha jamoani musobaqadan diskvalifikatsiya qilish mumkin bo‘ladi.

Top