06:45 / 13.05.2015
2860

AQSh Kiprda yagona davlat tuzish tarafdori bo‘lib chiqmoqda

AQSh rahbariyati Kiprda federativ davlat tuzish zarur deb hisoblamoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Barcha kiprliklar va umuman mintaqaning farovonligi uchun orolni ikki zonali, ikki jamiyatli federatsiyaga yana birlashtirish uchun tomonlarni iloji boricha tezroq kelishuvga erishishga chaqiramiz”, deb aytdi AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Bernadett Mixen turk va grek Kipri o‘rtasida muzokaralarning qayta boshlanganiga izoh berib.  

Avvalroq 15 mayda Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis va qisman tan olingan Shimoliy Kipr Turk respublikasi rahbari Mustafo Oqinji bilan uchrashuv bo‘lishi ma'lum qilingandi.

Top