01:47 / 13.05.2015
4202

"Bavariya" - "Barselona" 3:2. Kataloniyaliklar finalda

“Bavariya” jamoasi YeChL yarim final javob uchrashuvida “Barselona” futbolchilari bilan bahs olib bordi. “Alyants Arena”da o‘tgan ushbu uchrashuvda “myunxenliklar” 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozonishiga qaramay, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra (5:3) mag‘lub bo‘lishdi va "Barselona" final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalari mezbonlarning faolligi bilan boshlandi. 7 daqiqaga kelib burchakdan uzatilgan to‘pni Mehdi Benatiya boshi bilan Ter Shtegen darvozasiga aniq yo‘lladi va hisobni ochdi. Ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i 15 daqiqada Neymar jamoadoshi Luis Suaresning uzatmasidan so‘ng aniq zarba bilan muvozanatni tikladi. 30 daqiqada yana Suares-Neymar juftligi faollik ko‘rsatdi va hisob 2:1 ko‘rinishiga keldi. Shundan so‘ng “Bavariya”da hisobni tenglashtirish uchun bir qancha qulay vaziyatlar vujudga kelgandi, ammo, Ter Shtegenning seyvlari evaziga birinchi bo‘limda hisob boshqa o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limning 59 daqiqasida Robert Levandovski hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 74 daqiqada esa Tomas Myuller "myunxenliklar"ni oldinga olib chiqdi. Ammo, mazkur g‘alaba final yo‘llanmasi uchun yetarli bo‘lmadi va "Bavariya" mana shu bosqichda o‘z yurishini to‘xtatdi. "Barselona" futbolchilari "Real Madrid" - "Yuventus" uchrashuvi g‘olibi bilan YeChL finalida to‘qnash kelishadi.

"Bavariya" - "Barselona" 3:2

Gollar: Benatia 7, Neymar 15, 29, Levandovski 59, Myuller 74.

23:45, Myunxen, "Alyans arena"

Bosh hakam: Mark Klattenburg (Ang)

Qanotlarda: Saymon Bek, Jek Kollin

Darvozalar ortida: Entoni Teylor, Andre Mariner (Ang)

To‘rtinchi hakam: Styuart Bart (Ang)

"Bavariya": Noyyer, Alonso, Benatia, Tyago Alkantara, Levandovski, Rafinya, Boateng, Bernat, Lam, Myuller, Shvaynshtayger.

Zaxira: Reyna, Dante, Martines, Pisarro, Gaudino, Gyottse, Rode, Vizer.

"Barselona": ter Shtegen, Alves, Pike, Maskerano, Alba, Rakitich, Buskets, Inesta, Messi, Suares (Pedro 46), Neymar.

Zaxira: Bravo, Matyo, Bartra, Adriano, Xavi, Rafinya.

Matnli translyatsiyasini o‘qish uchun mana bu havolani bosing.

Top