10:29 / 13.05.2015
2987

Bill Klinton Oq uyga qaytmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton kutilayotgan prezidentlik saylovlarida rafiqasi Hillari Klinton g‘alaba qozongan taqdirda Oq uyga qaytish niyati borligini ma'lum qildi. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Teleboshlovchi Devid Letterman Klintondan hazilomuz ohangda Oq Uyga qaytish imkoniyatlarini baholashni so‘radi. Bunga javoban sobiq prezident avvalo Hillari partiya ichidagi, so‘ng asosiy saylovlarda g‘alaba qozonishi kerakligini, shundagina u 100 foiz ehtimol bilan Oq Uyga qayta olishini ta'kidlab o‘tdi.
“Uning g‘alabasi Amerika uchun yaxshi bo‘ladi, – qo‘shimcha qildi u. – Umid qilamanki, u g‘alaba qozonadi”.

Top