16:01 / 13.05.2015
3399

FIFA va UYeFA ispan klublari va terma jamoalarini barcha musobaqalardan chetlashtirishi mumkin

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UYeFA) Ispaniya hukumatining Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) ishlariga aralashayotgani uchun federatsiyaga qarshi sanksiyalar kiritishi bilan tahdid qilmoqda, deb xabar bermoqda Marca nashri.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, gap ispan klublari va terma jamoalarining FIFA va UYeFA tomonidan uyushtiriladigan barcha musobaqalardan chetlashtirilishi haqida ketmoqda.

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) va Ispaniya hukumati orasida Ispaniya chempionati o‘yinlariga televizion huquqlarni sotishdan olinadigan tushum borasida tortishuvlar ketmoqda. RFEF ham o‘z navbatida 16 maydan Ispaniya chempionati o‘tkazilishini to‘xtatib qo‘yishini e'lon qildi.

Top