11:15 / 13.05.2015
9179

Internetda to‘pponcha g‘ilofiga nos solib yurgan militsiyachining videosi ommalashib ketdi

Telegram messenjerining o‘zbek foydalanuvchilari orasida antiqa videolavha ommalashib ketdi. Unda militsiya xodimining to‘pponcha g‘ilofiga nos solib yurgani aks etgan.
Qisqa videolavha futbol o‘yini chog‘ida noma'lum stadionda olingan. Uchrashuvlar chog‘ida stadionda jamoa tartibini nazorat qilish uchun o‘tirgan militsiyachilardan biri yashirincha tasvirga tushirilgan. Militsiya xodimi, o‘yinni kuzatar ekan, orada to‘pponcha g‘ilofidan nos qutisini chiqaradi va tilining tagiga bir otim tashlaydi. U qutini to‘pponcha g‘ilofiga solib qo‘ygan joyda videotasvir tugaydi.
Video qayerda olingani noma'lumligicha qolmoqda.

Top