22:30 / 13.05.2015
3174

Karlo Anchelotti ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing ikkita o‘yinidan diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqida El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatgan.

Italiyalik mutaxassis "Valensiya"ga qarshi kechgan bahsda (2:2) o‘zini noo‘rin tutgani uchun jazolandi.

Shu tariqa, Anchelotti “Espanol” hamda “Xetafe”ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

Top