Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing ikkita o‘yinidan diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqida El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatgan.
Italiyalik mutaxassis "Valensiya"ga qarshi kechgan bahsda (2:2) o‘zini noo‘rin tutgani uchun jazolandi.
Shu tariqa, Anchelotti “Espanol” hamda “Xetafe”ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.