17:05 / 13.05.2015
2092

Menejyerlar haftasiga 40 soatdan ortiq ishlashlarini ma'lum qildi

EY konsalting kompaniyasi 8 mamlakatda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning 9699 nafar xodimlari orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnoma o‘tkazish uchun mas'ul Keyrin Tveronaytning so‘zlariga qaraganda, tadqiqoqtdan ko‘zlangan asosiy maqsad iqtisodiy inqirozdan chiqish yillarida belgilangan ish haftasiga qay darajada rioya qilinayotganinin aniqlash edi.

Ma'lum bo‘lishicha, yetakchi kompaniyalar menejyerlari haftasiga 40 haftadan ko‘proq ishlashadi. Ishning nihoyatda ko‘pligi, talabning yuqoriligi tufayli ko‘pgina korxona ishchilari aniq belgilangan ish kuniga rioya qilmay, belgilanganidan ko‘proq ishlashga majbur bo‘lmoqda. Ko‘pchilikning fikricha, 40 soatlik ish haftasi tushunchasi tez orada yo‘qqa chiqadi, va ish tartibi boshqa prinsiplar asosida belgilana boshlaydi.

Top