16:06 / 13.05.2015
1757

"Milan" bir necha futbolchilaridan voz kechish orqali Emerini olib kelmoqchi

"Milan" jamoasi hozirda ichki muhitni buzib turgan bir necha o‘yinchisidan voz kechish orqali tejaladigan mablag‘lar evaziga ayni vaqtda Ispaniyaning "Sevilya" jamoasida faoliyat ko‘rsatayotgan Unai Emerini Italiyaga olib kelishni rejalashtirgan.
Jamoa rahbariyati ushbu ispaniyalik mutaxassisning jamoada ishlashi uchun 100 mln yevro ajratishni mo‘ljallagan.
Milanliklar bu mablag‘larni Robino, Nayjyel de Yong, Maykl Essen, Jampaola Patstsini, Salli Muntari, Filipp Mekses va Boneraga javob berish orqali to‘plamoqchi.
Shuningdek, "rossonerilar" Mikael Agatstsi, Kristian Sapata, Aleks, Odil Rami, Kristian Dzakkardo va Mikelandjyelo Albertatstsi kabi futbolchilarni sotuvga qo‘yishi mumkinligi xabar qilingan.

Top