07:04 / 13.05.2015
2158

Nepaldagi navbatdagi zilzila qurbonlari soni 42 nafarga yetdi

Nepalda 12 mayda sodir bo‘lgan yangi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 42 nafarni, jarohatlanganlar esa 1117 nafarni tashkil qildi. Bu haqda Nepal Favqulodda vaziyatlar milliy markazi o‘z tvitterida ma'lum qildi.

Nepalda 7,3 magnitudali birinchi yerosti silkinishlari 12 may kuni Toshkent vaqti bilan 12.05 da qayd qilindi. Zilzila markazi Nepal poytaxti Katmandudan sharqiy tomonda83 kmuzoqlikda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i18,5 kmchuqurlikda bo‘lgan. Bundan keyin yana 6 marta zilzila ro‘y berib, ulardan eng kuchlisining magnitudasi 6,3 darajani tashkil etgan.

Avvalroq Nepalda 25-26 aprel kunlarida ro‘y bergan kuchli zilzila 8 mingdan ziyodroq kishining umrini olib ketgan edi.

Top