12:15 / 13.05.2015
2181

O‘zbekistonda yengil sanoat eksporti hajmi 2.5 barobarga oshdi

Oxirgi 5 yil ichida O‘zbekistonda tekstil va tikuvchilik sanoatida 2 barobarga o‘sish kuzatildi. O‘z navbatida, eksport hajmi 2.5 barobarga oshdi. Bu haqda trademap.com portalidagi tahliliy axborotdan ma'lum bo‘ldi.
Ma'lumki, 2009 yilda 2009 yilda O‘zbekiston prezidenti “Mahalliy iste'mol mollarini ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Qaror doirasida tekstil korxonalarining 2009-2011 yillarga mo‘ljallangan investitsion loyihalari ro‘yxati keltirilgan edi. Mana shu chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilgan ishlar, ekspert Iskandar Komilovning fikricha, sohadagi jiddiy taraqqiyotga sabab bo‘lgan.
2009 yildan buyon O‘zbekistonda tekstil va tikuvchilik sanoati bir qator investitsion loyihalarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, trikotaj kiyimlar eksporti 2009-2013 yillar orasida 4 barobarga, boshqa turdagi materiallar eksporti esa 2 barobarga oshdi.
Bundan tashqari, ekspertlarning fikricha, eksport geografiyasining kengayishi, yangi xalqaro hamkorlarning paydo bo‘lishi ham jiddiy yutuqlardan bo‘ldi. Jumladan, 2009 yilda kiyim-kechak 15 mamlakatga eksport qilingan bo‘lsa, bugun ularning soni 37taga yetdi. Bular orasida Fransiya, AQSh, Finlyandiya singari davlatlar bor.

Top