17:19 / 13.05.2015
2670

O‘zbekistonda to‘lovlar hajmi oyiga 1.8 trln so‘mni tashkil qildi

O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari tushumi oxirgi 5 yil ichida 50 foizga o‘sib, barcha to‘lovlar hajmining 3 barobarga o‘sishini ta'minlab berdi. Ekspertlarning so‘zlariga qaraganda, bu bank plastik kartalarining amaliyotga keng tatbiq qilinishi bilan bog‘liqdir.

Ayni paytda tovarlar va xizmatlar uchun oylik to‘lovlarning umumiy hajmi 1.8 trln so‘mni tashkil qiladi. Bular ichida kommunal to‘lovlar ulushi 187 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda 14 mln dona bank kartalari iste'molga kiritilgan. Ularga 163 ming to‘lov terminllari orqali xizmat ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, jamoat joylarida 2 mingdan ortiq bankomat va axborot kiosklari o‘rnatilgan.

Top