8392.2 USD -2.95

9477.31 EUR -32.72

126.25 RUB -1.42

10816.7 GBP -52.49

12:45 / 13.05.2015 1414

O‘zbekistonga Xitoy Savdo-sanoat palatasining xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari o‘rinbosari tashrif buyuradi

2015 yilning 24-26 sentabr kunlari Xitoyning Sian shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar mahsulotlari 1-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu ko‘rgazma Sianda bo‘lib o‘tadigan 6-Yevroosiyo iqtisodiy anjumani doirasida tashkil etilmoqda. Xitoy Tijorat vazirligi buyrug‘i bilan Xitoy Mashina-texnika mahsulotlari import va eksporti savdo palatasi ushbu ko‘rgazmaning tashkilotchisi (SSSMe) etib belgilandi.

2015 yilning 18 mayida O‘zbekiston ishbilarmonlik doiralari vakillarining ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishlarini taklif qilish maqsadida SSSMe xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Shen Gofeys O‘zbekistonga keladi.

Ma'lumot uchun, Xitoy Mashina-texnika mahsulotlari import va eksporti savdo palatasi Xitoyda mashina-texnika mahsulotlari import va eksportini tartibga soluvchi tashkilot hisoblanadi.

Teglar

Top