17:59 / 13.05.2015
3167

Saudiya Arabistoni Qozog‘iston doni eksportchilariga preferensiyalar berishni so‘ramoqda

Saudiya Arabistoni savdo palatalari kengashi raisi Abdulrahmon az-Zamil Qozog‘iston hukumatiga murojaat qilib, ushbu mamlakatga qozoq donini eksport qiluvchilarga preferensiyalar berishni so‘radi.

“Qozog‘iston va Saudiya Arabistoni ishbilarmonlari kengashi faoliyati jonlangandan keyin vazirliklar bilan birga ushbu masalaning amaliy yechimini topish zarur. Qozog‘iston hukumati Saudiya Arabistoniga don mahsulotlari eksport qiluvchi tashkilot va shaxslarga ma'lum preferensiyalar taqdi etishi lozim. Negaki Qozog‘iston bug‘doyi juda yuqori sifatga ega va, umid qilamanki, bu borada boshqa muammo bo‘lmaydi”, – ta'kidlab o‘tdi az-Zamil ikki tomonlama biznes forumda.

Top