13:28 / 13.05.2015
2042

Xames: "Agar Kasilyasga hushtak chalib norozilik bildirilsa, bu butun jamoaga tegishli"

“Real Madrid” yarim himoyachisi Xames Rodriges ba'zi muxlislarning jamoa darvozaboni Iker Kasilyasga hushtak chalib norozilik bildirayotganiga izoh berdi.

“Maydonda harakatlanayotgan vaqtda butun e'tibor o‘yinda bo‘ladi va hushtakni eshitmaysan. O‘ylashimcha, bordiyu bizning jamoadan kimgadir hushtak chalib norozilik bildirilsa, bu barcha o‘yinchilarga tegishli bo‘ladi. Biz birdam bo‘lishimiz hamda bir-birimizga ko‘maklashishimiz zarur”, – deydi futbolchi.

Ma'lumot uchun, jamoa sardori Iker Kasilsya “Valensiya” bilan bo‘lgan uchrashuvda muxlislar tomonidan hushtak chalish orqali haqoratlangan edi. 

Top