18:11 / 13.05.2015
2063

Yanvar va aprel oylarida Qozog‘istonda sanoat ishlab chiqarishi 0.3 foizga oshdi

2015 yilning yanvar-aprel oylari orasidagi davr mobaynida Qozog‘istonda sanoat mahsulotlari jismoniy hajmi indeksi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 100.3 foizni tashkil qilgan. Bu haqda mamlakat milliy iqtisodiyot vazirligi qoshidagi statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.

Xabarga ko‘ra, tog‘-kon sanoatidagi o‘sish 0.6 foizni, qayta ishlash sanoatidagi o‘sish esa 0.4 foizni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, hisobot davrida o‘tgan yilning shu vaqtiga nisbatan neft, tabiiy gaz va rangli metall qazib olish, rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish, nometall mineral mahsulotlar, metallurgiya va kimyo sanoatida o‘sish kuzatilgan.

Top