16:15 / 14.05.2015
1390

Ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston U-19 Xitoy, Yaponiya va Avstraliya termalari bilan bir guruhda o‘ynaydi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda, 13-14 may kunlari shu yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi U-16 Osiyo Chempionati va U-19 Osiyo Chempionatiga qur'a tashlandi.

Qur'a natijasiga ko‘ra O‘zbekiston ayollar U-19 terma jamoasi “A” guruhidan o‘rin oldi. O‘zbekistondan tashqari bu guruhda Xitoy, Yaponiya va Avstraliya terma jamoalari ham joylashgan.

Ma'lumot uchun, Osiyo Chempionati 18-25 avgustda Xitoyning Nankin shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qur'a natijalari:

“A” guruhi: Xitoy, Yaponiya, Avstraliya, O‘zbekiston

 “V” guruhi: Janubiy Koreya, KXDR, Tailand, Eron

Top