11:11 / 14.05.2015
3505

Alvaro Morata: "Qaniydi, “Real” emas, boshqa jamoa darvozasiga to‘p urishimning iloji bo‘lganda edi. Biroq taqdir shuni taqazo etdi”

Hozirda “Yuventus”da to‘p surayotgan “Real”ning sobiq hujumchisi Alvaro Morata o‘z jamoasining “Real” ustidan Chempionlar ligasi yarimfinalining ikki o‘yini natijasiga ko‘ra g‘alaba qozonib, musobaqaning finaliga chiqishi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu g‘alaba biz uchun katta mamnuniyat keltirdi, biroq biz bu natijada to‘xtat qolmoqchimasmiz. Biz tarixni yaratishimiz kerak.

Men urgan to‘p juda muhim to‘p bo‘ldi, biroq u menga ham quvonch, ham qayg‘u keltirdi. Men “Real”ga minnatdorchilik bildirib qolaman, chunki bu klub menga doimo yaxshi munosabatda bo‘lgan. Agar boshqa jamoaning darvozasiga to‘p urishimning iloji bo‘lganda edi... Biroq taqdir shuni taqazo etdi. Ramos va Kasilyas meni tabriklashdi va finalda omad tilab qolishdi. Ular mening qalin do‘stlarim.

“Barselona”ga qarshi final o‘yini “Real” bilan bo‘lgan o‘yindan farq qiladi. “Barsa” ajoyib jamoa, biroq biz ham qolishmaymiz”, deb aytdi Morata.

Top