20:41 / 14.05.2015
2620

Andre Shyurrle: "Mourino menga medal olishim haqida yozdi"

“Volfsburg” yarim himoyachisi Andre Shyurrle o‘zining sobiq jamoasi – “Chelsi” futbolchilarini Angliya Premer ligasidagi g‘alaba bilan tabrikladi.

“Men ham medal olishimni bilmagan edim. Sababi, mavsum ikkinchi yarmining asosiy qismining o‘tkazil yubordim.

Joze Mourino menga medal olishim haqida yozdi. U chempionatning so‘nggi turiga kelishimni so‘radi. Bundan juda xursandman.

Men haqiqatdan ham jamoa uchun juda xursandman. Ular mavsum ikkinchi yarmini ajoyib tarzda o‘tkazishdi. Albatta, medal olish yoqimli, biroq bu yigitlarning xizmati”, – dedi Shyurrle. 

Top