10:45 / 14.05.2015
1970

AQShda fraksiyalar Osiyo bilan savdo qonunchiligi borasida murosaga keldi

AQSh Senatidagi Respublikachilar va Demokratlar fraksiyalari Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bilan savdo to‘g‘risidagi qonun loyihasi borasida murosaga erishdi. Qonun qabul qilingan taqdirda, mintaqaning 11 davlati bilan olib boriladigan savdo shartlari erkinlashtiriladi.

Politico nashrining yozishicha, qonunda ko‘rsatilgan asosiy shart bojlarni kamaytirish yoki umuman yo‘q qilishdir. Partiyalar taklif qilingan o‘zgarishlar bo‘yicha alohida ovoz berish o‘tkazib, bir xulosaga kelishga muvaffaq bo‘ldi. Ilgariroq demokratlarning bir qismi o‘zlari tomonidan olib chiqilgan bu tashabbusga qarshi chiqib, qonun loyihasini muhokamadan chiqarishga harakat qilgan edi. Shu kabi kelishmovchiliklardan so‘ng qonun loyihasi borasida kelishuvga erishilgani aytilmoqda.

Ayni paytda qonun loyihasida ko‘zda tutilgan shartnomalar kasaba uyushmalarining noroziligiga sabab bo‘lmoqda, negaki bu xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatning kuchayishiga olib keladi. O‘z navbatida, shartnomalarning amalga oshirilishi hamda bojlarning olib tashlanishi yoki tushirilishi AQSh eksportchilariga Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi narx-navoda ma'lum raqobatbardoshlikka erishishga yordam beradi.

Top