17:28 / 14.05.2015
2325

YeI va BAA o‘zaro viza rejimini bekor qildi

Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Arab Amirliklari ikkala tomonning kelishuviga fuqarolarning qisqa muddatli sayohatlari bo‘yicha viza rejimini bekor qildi. Bu haqda chorshanba kuni Yevrokomissiya vakillari ma'lum qilishgan.

“BAA fuqarolari 90 kungacha Yevropa Ittifoqi davlatlariga hech qanday vizasiz sayohat qilishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi fuqarolarining ham BAA chiqishi uchun talab qiladigan viza hujjatlari ham bekor qilinadi”, – deya qayd qilinadi Yevrokomissiya axborotida.

Bu vaqtda Shengen hududiga a'zo bo‘lmagan Buyuk Britaniya va Irlandiya davlatlari uchun vizasiz rejim amal qilmaydi.

Top