18:25 / 14.05.2015
2403

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Eron bilan birga erkin savdo hududini yaratishni rejalashtirmoqda

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Eron erkin savdo hududini yaratish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni boshlamoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining savdo vaziri Andrey Slepnev ma'lum qildi.

“Biz Eron bilan erkin savdo qilish imkoniyati istiqbollarini muhokama qildik. Bu yangi mavzu, biz u haqda birinchi marta e'lon qilmoqdamiz. Eron tomonidan tegishli tashabbus yaqinda bildirildi hamda YeOII a'zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi”, – deb aytmoqda Slepnev.

Slepnev YeOII muzokaralarga tayyorlanish davomida Armaniston va Eron o‘rtasidagi hamkorlik tajribasidan foydalanishni rejalashtirayotganini aytib o‘tdi.

Avvalroq, Armaniston prezidenti Serj Sargsyan YeOII hamkorligi doirasini, shu jumladan Eron bilan hamkorligini oshirish taklifini bildirgan edi.

Top