13:20 / 14.05.2015
1960

Facebook’ning shtatdan tashqari xodimlarining maoshi oshirildi

Facebook kompaniyasining operatsiyalar bo‘yicha direktori Sheril Sendberg kompaniyaning blogida shtatdan tashqari xodimlarning maoshi oshirilgani haqida xabar berdi.

“Men 13 maydan biz bilan birga jiddiy ishlarni bajarayotgan Facebook’ning AQShdagi barcha shtatdan tashqari xodimlarining maoshini oshirishimizni mamnuniyat bilan e'lon qilmoqchiman. Bunday xodimlarning minimal maoshi endilikda kuniga 15 dollardan kam bo‘lmagan qiymatni tashkil qiladi, ularga yiliga kamida 15 kun maoshlari saqlanib qolgan holda ta'til beriladi. Farzandlarini tarbiyalash uchun ta'til ololmaydigan xodimlarimizga 4 ming dollar miqdorida bir martalik to‘lov beriladi”, deb aytilmoqda Sendberg bergan xabarda.

Kompaniyaning Kaliforniyadagi bo‘limi xodimlari uchun bu o‘zgarishlar 1 maydan kuchga kirdi.

Top