11:57 / 14.05.2015
2884

IShID Karachida amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

IShID terrorchilik guruhi Pokistonning Karachi shahrida avtobusga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Hujum oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

IShID jangarilari o‘zlarining tvitterdagi mikroblogida “o‘z dinidan qaytgan” 43 nafar odam o‘ldirilganini, yana 30 nafari jarohat olganini ma'lum qilishgan.

Avvalroq Karachida noma'lum shaxs avtobusga o‘q uzgani oqibatida o‘nlab odamlar, shu jumladan 16 nafar ayol halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top