10:48 / 14.05.2015
1984

Nyu-Yorkda yoqut ko‘zli uzuk 7.3 mln dollarga sotildi

Nyu-Yorkdagi Christie's kim oshdi savdosida ko‘zi 35 karatli Kashmir yoqutidan yasalgan uzuk 7.3 mln dollarga sotildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Hisob-kitoblariga qaraganda, lotning noma'lum egasi uzukning har bir karati uchun 209689 dollar sarflagan.
Bundan tashqari, uzukka olmos toshlar qadalgan. Yoqut “yostiq” usulida qirralangan.

Kashmir yoqutlari bu turdagi boshqa toshlardan ko‘ra qimmatroq baholanadi. U ko‘k rangga ega bo‘lib, binafsha rang jilolanadi.

Top