18:13 / 14.05.2015
1716

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Ruminiya TIVning Davlat kotibini qabul qildi

2015 yilning 14 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqai ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning to‘rtinchi raundida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurgan Ruminiya Tashqi ishlar vaziriligining strategik masalalar bo‘yicha Davlat kotibi Daniel Lonitani qabul qildi.

Uchrashuvda turli sohalarda, jumladan “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklida, ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda global va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shu kunning o‘zida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur maslahatlashuvlarda O‘zbekiston-Ruminiya tartibining qator masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar davomida siyosiy va parlamentlararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, shuningdek o‘rta va kichik biznes vakillarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarini mustahkamlash lozimligi qayd etildi.

Uchrashuvda ta'lim va sog‘liqning saqlash muassasalari, madaniyat va san'at arboblari o‘rtasidagi sherikchilikni kengaytirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Ruminiya Elchisi Romeo Stanchu ishtirok etdi.

 

Top