02:40 / 14.05.2015
2575

Pakyao faoliyatini nihoyalashga yaqin turibdi

Zamonamizning mashhur bokschilaridan biri, filippinlik Menni Pakyao o‘zining faoliyati nihoyalashga yaqin turganini tan oldi.

“Hozirda men bor e'tiborimni yelkamning tuzalib ketishiga qaratganman. Yelkamning tuzalishiga qarab, faoliyatimni davom ettirish yoki tugatish haqidagi qarorni e'lon qilaman. Men sportdan ketishim haqida gapirmayapman, lekin bunga yaqin turibman. Hozirda men 36 yoshdaman, dekabrda esa 37 yoshga kiraman”, deb aytdi sportchi.

Ma'lumot uchun, Pakyao 2 mayda Las-Vegasning MGM Grand mehmonxonasida AQShlik Floyd Meyvezerga qarshi o‘tkazgan jangida ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan edi. Hakamlar bir ovozdan, 118-110, 116-112, 116-112 ochkolar nisbati bilan yutuqni Meyvezerga berishdi. Jangdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Pakyao jangga tayyorlanish paytida sparringlarda o‘ng yelkasini jarohatlaganini ma'lum qilgandi.

Top