Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning mamlakat hududida 11 ming nafar Rossiya harbiylarining borligi haqidagi gaplari asossizdir. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot berdi.
Ilgariroq Pyotr Poroshenko Ukraina hududida Rossiya harbiylari harakat qilayotganini da'vo qilgandi.
“Bunday asossiz ayblovlar o‘zaro munosabatlarning yaxshilanishiga xizmat qilmaydi”, – Peskovning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.