18:23 / 14.05.2015
4719

Poroshenko nemislarga Rossiya gazetalarini o‘qimaslikni maslahat berdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Germaniyaning ZDF telekanaliga bergan intervyusida bergan intervyusida Putinni yana bir bor Ukrainaga 11 ming harbiy yuborishda aybladi.
Teleboshlovchi uning so‘zlari mantiqqa to‘g‘ri kelmayotganini, tilga olingan harbiy qo‘shilmalar Moskvadagi paradda ishtirok etganini ta'kidladi. Bunga javoban Poroshenko Rossiya gazetalarini o‘qimaslikni maslahat berdi.
“Sizga bu izoh uchun minnatdorchilik bildiraman, ammo baribir Rossiya gazetalarini o‘qimaslikni maslahat beraman. Bunday bema'nigarchilik faqatgina mana shu manbadan o‘rin olishi mumkin”, – dedi Ukraina yetakchisi.

Top