18:33 / 14.05.2015
4039

Sankt-Peterburg ko‘chalarida «uchuvchi» tramvaylar harakatlanishi mumkin

Sankt-Peterburg ko‘chalarida «uchuvchi» tramvaylar harakatlanishi mumkin. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Magnit «yostiqcha»si o‘rnatilgan mazkur tramvay shahar gubernatori Georgiy Poltavchenkoga Pushkindagi Aleksandrovsk zavodiga tashrifi chog‘ida namoyish qilingan.

«Gubernatorga 28 tonnalik magnit levitatsiyasi kuchi bilan havoda «osilib» turuvchi yuk vagoni namoyish qilindi. Levitatsion oraliq 25 mm.ni tashkil qiladi. Mazkur vagondagi yuk og‘irligini 80 tonnagacha oshirish mumkin bo‘ladi. Maksimal tezlik esa 250 km/soatni tashkil qilishi mumkin bo‘ladi», deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, manbada berilgan xabarda mazkur texnologiya shahar tramvaylari uchun ham qo‘llanilishi mumkinligi qo‘shimcha qilib o‘tilgan.

Top