14:00 / 14.05.2015
1492

Shon Konvey Buyuk Britaniya hududini piyoda va suzgan holda kezib chiqdi

Joriy yilning mart oyida Shon Konvey ismli britaniyalik havaskor sportchi Shotlandiyaning Djon-O`Grots qishlog‘idan yo‘lga chiqib, 3 may kunida Kornuoll grafligidagi Lends-End (“Dunyo chekkasi”) burnida sayohatini yakuniga yetkazdi. Konvey tajribali sportchi bo‘lib, bundan avval ham shunday harakatlarni amalga oshirgan.

2008 yilda u butun Buyuk Britaniyani (1600 km masofa) velosipedda kezib o‘tgan. 2013 yilda esa Kornuoll grafligidan Shotlandiyagacha dengiz sohil bo‘ylab 1448 km suzib o‘tdi. Konvey yaxshi tayyorgalikka egaligiga qaramasdan, u amalga oshirgan triatlon (yugurish, suzish, velosipedda yurish) oson kechmadi. Shon barcha safar anjomlarini yelkasiga yuklab olgancha kuniga taxminan 48 km yo‘l bosib o‘tdi. Kechalari chodirda tunadi. Shon safari chog‘ida jarohatlar oldi, suv va yegulik bilan muammolarga duch keldi. Biroq u o‘zining safaridan ko‘ngli to‘ldi va barcha muxlislariga minnatdorchiligini bildirdi.

“34 yoshli ekstrimal sportchi umumiy hisobda 5150 km yo‘l bosib o‘tdi. Uning mamlakat bo‘ylab harakatlanishini ko‘plab odamlar kuzatib borgan. Shon ijtimoiy tarmoqlarda o‘z yutuqlari haqida ommani xabardor qilib turdi. Shon bilan hamfikr bo‘lgan ko‘plab odamlar xuddi “Forrest Gamp” filmidagi Tom Xenks qahramoni AQSh bo‘ylab uch yil yugurib o‘tganida unga qo‘shilgan odamlar kabi unga safarning turli bosqichlarida hamroh bo‘lishdi. Shonning instagramdagi akkauntida ko‘plab qiziq narsalarning guvohi bo‘lishingiz mumkin”, deb yozmoqda The Daily Mail nashri.

Top