16:41 / 14.05.2015
3797

Yaponiya urushlarda ishtirok etmaydi

Yaponiyaning harbiy harakatlarga aralashuvi ehtimoldan uzoq. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe bayonot berdi.

Ma'lumki, yaqinda hukumat tomonidan mudofaa kuchlaridan foydalanish vakolatlarini kengaytiruvchi qonun loyihalari paketining tasdiqlanishi Yaponiyaning harbiy hamkorlikni kengaytirishi haqidagi mishmishlarga sabab bo‘lgandi. Ammo bosh vazir Yaponiya ilgarigiday har qanday urush va to‘qnashuvlardan uzoq turishini ma'lum qildi.
“Yaponiyaning AQSh olib borayotgan urushlarga qo‘shilishi mumkin emas. AQSh va Yaponiya o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, bu qonunlar paketi fuqarolarimizni himoya qilishga yo‘naltirilgandir”, – dedi u.

Shu bilan birga, Abe Yaponiya atrofida xavfsizlik masalasi beqaror bo‘lib qolayotganini tan oldi.
Bundan tashqari, u Yaponiya IShIDga qarshi kurashayotgan davlatlarni logistika tomonidan qo‘llab-quvvatlab turishini ma'lum qildi.

Top