02:37 / 14.05.2015
1715

Jyeremi Klarkson internetda “House of Cars” nomli yangi shouni boshlashni rejalashtirmoqda

“Top Gear” ko‘rsatuvining sobiq boshlovchisi Jyeremi Klarkson va uning bu ko‘rsatuv bo‘yicha hamkasblari internetda “House of Cards” (“Kartadan yasalgan uy”) ko‘rsatuvi nomiga monand “House of Cars” (“Avtomobil uyi”) deb nomlangan avtomobillar haqidagi yangi shouni boshlashni rejalashtirmoqdalar. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatuv Netflix striming resursida yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Jyeremi Klarkson, Jyeyms Mey, Richard Xammond va ko‘rsatuvning sobiq ijrochi prodyuseri Endi Vilman internet-gigant bilan muzokaralar olib bormoqdalar.

Top