8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

19:40 / 15.05.2015 1410

“Barselona” Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lsa, Vermalen "Arsenal"ga 3 mln funt foyda keltiradi

Agar “Barselona” Chempionlar Ligasining finalida g‘alaba qozonsa, unda Londonning “Arsenal” klubi 3 mln funt sterling miqdorida mukofot puli oladi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.

Bu holat 2014 yilda “Barselona”ga 15 mln funt evaziga o‘tgan “kanonirlar”ning sobiq o‘yinchisi Tomas Vermalen tufayli mumkin bo‘ladi. Vermalen “Barsa”ga o‘tganda ma'lum bir shartlar asosida “Arsenal”ga bir qator bonuslar taqdim qilinishi ko‘zda tutilgan edi. Bu shartlar orasida “Barsa”ning Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lishi sharti ham bor.

Belgiyalik himoyachi Jahon chempionatining guruh bosqichida Rossiya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda sonidan olgan jarohati tufayli hanuzgacha kataloniyaliklar safida birorta rasmiy o‘yinda ishtirok etmadi. Biroq, bu “Arsenal”ga o‘zining mukofot pulini olishga xalaqit qila olmaydi, chunki belgiyalik o‘yinchi Chempionlar Ligasida “Bavariya”ga qarshi birinchi yarimfinal uchrashuvida “Barsa” tarkibiga zaxira o‘yinchi sifatida kiritilgan edi. Agar kataloniyaliklar Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lsa, Tomas ham medal bilan taqdirlanadi.

Chempionlar Ligasining finali 6 iyunda Berlinda, “Gerta” klubi va Germaniya terma jamoasining uy maydoni hisoblanadigan “Olimpiashtadion” arenasida “Barselona” va “Yuventus” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Teglar

Top