8356.18 USD +19.11

9582.03 EUR +83.61

124.97 RUB +1.61

10730.2 GBP +120.41

09:02 / 15.05.2015 984

“Boka Xuniors” muxlislari “River Pleyt” futbolchilariga qalampirli gaz purkashi tufayli o‘yin to‘xtatildi

Argentinaning “Boka Xuniors” jamoasi muxlislari Libertadores Kubogi 1/8 finali uchrashuvining tanaffusida “River Pleyt” futbolchilariga qalampirli gaz purkadi.
Birinchi taym tugagach, jamoalar kiyinish xonasiga yo‘l oldilar. “Boka” muxlislari xavfsizlik tonnelida tirqish topib, u orqali “River” futbolchilariga qarata qalampirli gaz purkagan. Buning natijasida bir qancha o‘yinchi zararlangan. Uchrashuv bir soatga to‘xtatib qo‘yildi. Axiyri hakamlar “Alberto Armando” o‘yingohida o‘tkazilayotgan uchrashuvni davom ettirmaslikka qaror qildilar.
Voqea Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
“Boka Xuniors” va “River Pleyt” jamoalari o‘rtasidagi superklassiko futboldagi eng yirik derbilardan biri sanaladi. Argentinaning 70 foizi bu ikki jamoadan biriga muxlislik qiladi.
1/8 final bosqichining birinchi uchrashuvi 1:0 hisobi bilan “River Pleyt” foydasiga hal bo‘lgan edi.

Teglar

Top