19:47 / 15.05.2015
4762

“O‘rgimchak-odam” roli uchun yangi aktyor topildi

Aktyor Asa Batterfild Marvel va Sony kinokompaniyalarining O‘rgimchak-odam haqidagi navbatdagi filmida bosh qahramon rolini ijro etadi, deb xabar bermoqda Deadline nashri.

18 yoshli Batterfild suratga olish bo‘yicha muzokaralarning dastlabki bosqichida turibdi.

Avvalroq, O‘rgimchak odam rolini ijro etib kelgan 31 yoshli Endryu Garfild bu rol uchun juda qarib qolgani aytilgan edi. Garfildgacha bu superqahramon rolini Tobi Maguayr ijro etib kelgan edi.

Top