05:09 / 15.05.2015
2355

"Dnepr" "Napoli"ni mag‘lub etib, Yevropa ligasi finaliga yo‘l oldi

14 may oqshomida Yevropa ligasi musobaqasining yarimfinal javob uchrashuvlaridan o‘rin olgan “Dnepr” hamda “Napoli” klublari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yinning 58-daqiqasida Seleznev tomonidan kiritilgan gol, yakunda maydon egalariga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa, “Dnepr” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Napoli”dan ustun keldi va Yevropa ligasi finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Endi ukrainaliklar 27 may kuni finalda "Sevilya"ga qarshi maydonga tushadi. 

Yevropa ligasi. Yarim final
Javob uchrashuvi

Dnepr Ukraina – Napoli Italiya 1:0
Gol: 1:0 – 58 Seleznev.
Dnepr – Boyko, Cheberyachko, Duglas, Fedetskiy, Leo Matos, Kankava, Fedorchuk, Rotan, Luchkevich (Mateus, 67), Konoplyanka (Gama, 86), Seleznev (Kalinich, 75).
Napoli – Anduxar, Gulyam, Britos, Albiol, Madjo, Lopes Silva (Enrike, 79), Inler, Insine (Mertens, 61), Kalexon, Gabbyadini (Gamshik, 55), Iguain.
Ogohlantirishlar: Leo Matos (23), Gabbyadini (27), Fedetskiy (44), Seleznev (70), Kankava (75), Gulyam (81), Mateus (85), Kalexon (85), Boyko (90).
Dastlabki uchrashuv: 1:1

Top