08:20 / 15.05.2015
1590

Falastinda qochqinlarni xotirlash kuni o‘tkazilmoqda

Bugun Ramallohda Falastin arablari Naqba kunini nishonlamoqda.
Naqba (fojia) kuni shuningdek Falastin qochqinlarini xotirlash kuni sifatida ham ma'lum. U har yili 15 may kuni, Isroil davlatiga asos solingan sanadan bir kun keyin nishonlanadi.
Falastin faollarining ta'kidlashicha, 1948 yilning 14 may kuni Isroilning tashkil topishi 700 ming arabning o‘z yurtini tark etishiga olib kelgan. Shuningdek, olti marta bo‘lib o‘tgan Arab-Isroil urushlari o‘n minglab odamlar halok bo‘lgan. 15 may kuni Falastin xalqi mana shu qayg‘uli voqealarni yodga oladi.

Top