13:58 / 15.05.2015
2145

Florentino Peres "Real" jamoasi keyingi mavsumda ko‘proq mehnat qilishi kerakligini aytdi

"Real" prezidenti Florentino Peres klubning chempionlar ligasidagi muvaffaqqiyatsizligi haqida fikr bildirdi.

"Albatta, bu kunni Madrid uchun quvonchli deb bo‘lmaydi. Muxlislarimizning hafsalasi pir bo‘lgani rost, ammo bu bizga yanada tirishib ishlab, kuchliroq bo‘lishimizga turtki beradi. "Real" hech qachon to‘xtab qolmaydi va 11-g‘oliblik uchun kurashishda davom etamiz. Qo‘llaganiklari uchun muxlislarimizga rahmat. Ular va klub a'zolari tufayli klubimiz afsonaviy degan nomga ega", - deydi Peres.

Top